Eldor Shomurodov Italiya A Seriyasiga ko‘chib o‘tishi mumkin

Eldor Shomurodov Italiya A Seriyasiga ko‘chib o‘tishi mumkin
Foto: Twitter/@rostovfc
«Rostov»ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Janluiji Longarining yozishicha, 25 yoshli futbolchi «Jenoa»ga o‘tishga yaqin turibdi. Ta’kidlanishicha, klublar muzokaralarni ijobiy hal etish arafasida. Kelishuv taxminan, 8 million yevroni tashkil qilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Eldor Don klubi safida 2017 yildan beri to‘p tepib keladi. Shu vaqt mobaynida u 91 o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Rostov» bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.