5 ta gol urilgan o‘yinda "Real" "Shaxtyor"ga alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi

UYEFA Chempionlar Ligasi 1-turidan o‘rin olgan \"Real\" - \"Shaxtyor\" uchrashuvi yakunlandi. Unda 2:3 hisobi qayd etildi.
Bahs oldidan autsayder sifatida e’tirof etilgan mehmonlar birinchi taymning o‘zidayoq yirik hisobda oldinga o‘tib oldi. Dastlab, Tete hisobni ochgan bo‘lsa, 33-daqiqada Varan o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Taym so‘ngiga qadar, Manor Solomon ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Ammo tanaffusda madridlikoar ustozi shogirdlarini oz bo‘lsa-da o‘ziga keltira oldi. Luka Modrich hamda Vinisius Junior hisobdagi farqni minimal darajaga qisqartira oldi. Bahs so‘ngida esa, Valverdening goli ofsayd tufayli bekor qilindi.
\"Real Madrid\" (Ispaniya) – \"Shaxtyor\" (Ukraina) 2 : 3
21 oktabr, 21.55, \"Estadio Alfredo Di Stefano\" stadioni
Gollar: Luka Modrich 54\', Vinisius Junior 59\' - Tete 29\', Rafael Varan 33\', Manor Solomon 42\'
\"Real Madrid\": Kurtua, Militao, Varan, Marselo, Mendi, Kazemiro, Modrich, Valverde, Asensio, Rodrigo, Yovich.
\"Shaxtyor\": Trubin, Dodo, Xocholava, Markos, Dentino, Marlos, Tete, Koriyenko, Solomon, Maykon, Bondar.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bahs oldidan autsayder sifatida e’tirof etilgan mehmonlar birinchi taymning o‘zidayoq yirik hisobda oldinga o‘tib oldi. Dastlab, Tete hisobni ochgan bo‘lsa, 33-daqiqada Varan o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Taym so‘ngiga qadar, Manor Solomon ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Ammo tanaffusda madridlikoar ustozi shogirdlarini oz bo‘lsa-da o‘ziga keltira oldi. Luka Modrich hamda Vinisius Junior hisobdagi farqni minimal darajaga qisqartira oldi. Bahs so‘ngida esa, Valverdening goli ofsayd tufayli bekor qilindi.
\"Real Madrid\" (Ispaniya) – \"Shaxtyor\" (Ukraina) 2 : 3
21 oktabr, 21.55, \"Estadio Alfredo Di Stefano\" stadioni
Gollar: Luka Modrich 54\', Vinisius Junior 59\' - Tete 29\', Rafael Varan 33\', Manor Solomon 42\'
\"Real Madrid\": Kurtua, Militao, Varan, Marselo, Mendi, Kazemiro, Modrich, Valverde, Asensio, Rodrigo, Yovich.
\"Shaxtyor\": Trubin, Dodo, Xocholava, Markos, Dentino, Marlos, Tete, Koriyenko, Solomon, Maykon, Bondar.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













