«The Guardian» 2020 yilning eng yaxshi futbolchisini aniqladi

«The Guardian» 2020 yilning eng yaxshi futbolchisini aniqladi
Foto: «Football Addict»
Myunxenning «Bavariya» klubi va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski Angliyaning «The Guardian» nashri tomonidan 2020 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Nashr reytingida «Barselona» sardori, argentinalik Lionel Messi — ikkinchi, «Yuventus»da to‘p suruvchi portugal yulduzi Krishtianu Ronaldu — uchinchi o‘rinda.

2020 yilning eng yaxshi futbolchilari (top-10):
1. Robert Levandovski — «Bavariya»; Polsha
2. Lionel Messi — «Barselona; Argentina
3. Krishtianu Ronaldu — «Yuventus»; Portugaliya
4. Kevin de Bryuyne — «Manchester Siti; Belgiya
5. Sadio Mane — «Liverpul»; Senegal
6. Erling Holand — «Borussiya» D; Norvegiya
7. Kilian Mbappe — «PSJ»; Fransiya
8. Muhammad Salah — «Liverpul»; Misr
9. Neymar — «PSJ»; Braziliya
10. Virjil van Deyk — «Liverpul»; Niderlandiya.
Kuchli o‘nlikda bittayam ingliz futbolchisi yo‘q.

Robert Levandovski 2020 yilda «Bavariya» bilan Germaniya chempionati va kubogi hamda Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi. O‘tgan hafta FIFA polshalik forvardni 2020 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.