Otabek Shukurovning goli jamoasiga g‘alaba keltirdi! (video)

Otabek Shukurovning goli jamoasiga g‘alaba keltirdi! (video)
Otabek Shukurov harakat qilayotgan \"Sharja\" klubi BAA Premer-ligasi 13-turidan o‘rin olgan uchrashuvni o‘z maydonida o‘tkazdi. \"Al-Ittihod Kalba\" jamoasiga qarshi maydonga chiqqan sharjaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida hamyurtimiz jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘llab, o‘yin taqdirini hal etgan golga mualliflik qildi. Ushbu aniq zarba mezbonlarga 3 ochko keltirdi. G‘alaba qozongan \"Sharja\" ochkolari sonini 32 taga yetkazib, eng yaqin taqibchisi bilan oradagi masofani 5 ochkoga yetkazdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.