«Bavariya» — klublar o‘rtasida jahon chempioni

«Bavariya» — klublar o‘rtasida jahon chempioni
Foto: Twitter/FCBayern
Qatarda klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yakuniga yetdi. Finalda YECHL g‘olibi «Bavariya» KONKAKAFning eng kuchli jamoasi «Tigres» ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi. Benjamin Pavarning yagona goli nemis klubiga ikkinchi bor jahon chempionlikni taqdim etdi.

Shu tariqa myunxenliklar o‘tgan mavsum hisobidan 6-sovrinni ham qo‘lga kiritishdi va 2009 yili «Barselona» tomonidan o‘rnatilgan rekordni takrorlashdi.
«Bavariya» — klublar o‘rtasida jahon chempioni
Klublar o‘rtasidagi JCH, final

Bavariya — Tigres 1:0
Gol:
Pavar (59).
Bavariya – Noyer, Zyule, Devis, Pavar, Alaba, Koman (Duglas Kosta, 74), Kimmix, Sane (Musiala, 73), Gnabri (Tolisso, 64), Lyuka Ernandes, Levandovski (Shupo-Moting, 73).
Tigres – Gusman, Reyes, Salsedo, Rodriges (Kinones, 80), Pisarro, Duenyas, Akino, Rafael Karioka, Kinones, Gonsales, Jinyak.
Ogohlantirishlar: Duenyas (42), Rodriges (69), Rafael Karioka (90).
«Bavariya» — klublar o‘rtasida jahon chempioni
Myunxenliklar futbolchisi Robert Levandovski ushbu musobaqaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.
U yarim finalda ikkita gol, finalda esa golli uzatmaga mualliflik qilgandi.

Ikkinchi o‘rindan meksikaliklar futbolchisi Andre Per Jinyak joy olgan bo‘lsa, uchinchi pog‘onadan \"Bavariya\"ning boshqa bir a’zosi Yozua Kimmix o‘rin oldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.