"Paxtakor" futbolchisi OFK so‘rovnomasida ishtirok etmoqda (video)

"Paxtakor" futbolchisi OFK so‘rovnomasida ishtirok etmoqda (video)
OFK rasmiy sayti Osiyo Chempionlar Ligasi ortda qolgan mavsumi davomida bosh bilan urilgan eng chiroyli golni aniqlash borasida so‘rovnoma o‘tkazmoqda.

Biz uchun quvonarli jihati, unda \"Paxtakor\" yetakchisi Dragan Cheran ham ishtirok etyapti. \"Sherlar\"ning serbiyalik legioneri 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Eronning \"Istiqlol\" klubiga qarshi bellashuvda hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylangandi.

Cheranga ushbu so‘rovnomada Cheyk Diabate (\"Istiqlol\"), Saad Natik (\"Al-Shorta\"), Li Shenlun (\"Shanxay SIPG\") hamda Mexdi Abdi (\"Persepolis\") raqiblik qilmoqda.

Quyidagi havola orqali so‘rovnomada ishtirok etishingiz mumkin:
https://bit.ly/ACL2020_Headers
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.