"Ufa" Oston O‘runov uchun qancha to‘laydi?

"Ufa" Oston O‘runov uchun qancha to‘laydi?
Yurtdoshimizning \"Spartak\"dan \"Ufa\"ga o‘tishi bo‘yicha tafsilotlar ma’lum bo‘ldi. \"Ufa\" \"Spartak\" yarim himoyachisi Oston O‘runovni sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi.

Metaratings.ru xabariga ko‘ra, \"Ufa\" futbolchining 11 o‘yinlik ijarasi uchun 5,5 million rubl to‘laydi. O‘runov maydonga tushgan har bir o‘yinda (kamida 45 daqiqa o‘ynasa) bu miqdor 400 ming rubldan kamayib boradi. Agar o‘yinchi jarohat olsa, ushbu shart hisobga o‘tmaydi.

O‘runovning \"Ufa\"dagi yillik maoshi 600 ming yevroni tashkil qiladi. Bundan tashqari, klub futbolchini 3 million yevroga to‘liq sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
"Ufa" Oston O‘runov uchun qancha to‘laydi?
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.