Luis Enrike: «Ko‘ramiz «el-klasiko»da nima sodir bo‘larkin»


“Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya chempionatining g‘olibi ko‘k-anorranglar bilan “Real” o‘yiniga bog‘liq bo‘lishini aytib o‘tdi. “El-klasiko” 22 mart kuni Primeraning 28-turi doirasida Barselonada bo‘lib o‘tadi.
“Oxirgi turlarda biz “Real”dan keyin o‘ynayotganimiz meni havotirga solmayapti. Ulardan oldin o‘ynaymizmi yoki keyinmi — maqsadimiz o‘zgarmaydi. Biz har qanday holatda yutishimiz kerak. “Barselona” dunyoda eng yaxshi hujum chizig‘iga ega deb o‘ylayman. Bunga shubha yo‘q.
Chempionatdagi kurash oxirgi turgacha bo‘ladi. Ko‘ramiz, “el-klasiko”da nima bo‘larkin”, — deb championat.com AS nashriga tayanib Enrike so‘zlaridan keltiradi.
Manba: www.std.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













