Bolgariyadagi hangoma yoxud Bahodir Jalolov qay tariqa finalga yo‘l oldi?

Bolgariyadagi hangoma yoxud Bahodir Jalolov qay tariqa finalga yo‘l oldi?
Bolgariyada davom etayotgan “Stranja” turnirining navbatdagi yarim final bahsida eng og‘ir vazn toifasidagi vakilimiz Bahodir Jalolov armanistonlik Gurgen Ovanisyan bilan finalga chiqish uchun jang olib bordi.

Mazkur to‘qnashuvda qiziq holat ro‘y berdi. Ya’ni jang yakunida g‘olibni e’lon qilayotgan boshlovchi armanistonlik bokschini g‘alabasini e’lon qildi. Vaholanki, jangda ustunlik qilgan yurtdoshimizni g‘alabasini tabloda ham ko‘rsatib turgandi. Hakamlarning qaroriga ko‘ra, Jalolov 4:1 hisobida zafar quchgan edi.
Bolgariyadagi hangoma yoxud Bahodir Jalolov qay tariqa finalga yo‘l oldi?
Xullas, ushbu hangomadan keyin biroz tushunarsiz holat yuzaga keldi va yakunda g‘alaba hamyurtimizga qaytarib berildi. Shu tariqa Jalolov finalga yo‘l oldi. Unga hal qiluvchi jangda ham omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.