Azizbek Abdug‘ofurov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi va kamarni boy berdi

Azizbek Abdug‘ofurov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi va kamarni boy berdi
Foto: Instagram
Professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan Azizbek Abdug‘ofurov (13-1, 5 KO) super o‘rta vazn toifasi WBC Silver kamari himoyasi uchun navbatdagi jangini o‘tkazdi.

O‘zbekistonlik bokschiga rossiyalik Pavel Silyagin (7-0, 4 KO) raqib bo‘ldi. Kamar uchun kechgan jang Rossiyaning Moskva shahrida bo‘lib o‘tdi.

Jang 12 raund davom etdi va unda rossiyalik bokschi katta ustunlikka ega bo‘ldi. Yakunda hakamlar bir ovozdan Silyaginni g‘olib deb topdi. Shu tariqa faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgan Abdug‘ofurov WBC Silver kamarini boy berdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.