Kechagi o‘yinda Shomurodov Ronaldu bilan bir xil ball oldi

Kecha Italiya A Seriyasi 30-turidan o‘rin olgan bir necha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ulardan birida biz o‘yinlarini kuzatib borayotgan \"Jenoa\" klubi amaldagi chempion \"Yuventus\" maydoniga safar qildi. Yakunda mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan eng mashhur nashrlardan biri \"La Gazzetta dello Sport\" ushbu bellashuvdan keyin o‘z talqiniga ko‘ra futbolchilarga qo‘yilgan ballarni e’lon qildi. Eldor Shomurodov unda 5 ballga loyiq ko‘rildi.
Qizig‘i, turinliklar yulduzi Krishtianu Ronaldu ham aynan shuncha bahoga ega bo‘ldi. Mazkur uchrashuvda portugaliyalik hujumchi to‘liq harakat qildi. E’tiborlisi, hamyurtimiz 63-daqiqada Goran Pandev o‘rniga maydonga tushirilgandi.
Ma’lumot uchun, genuyaliklar turnir jadvalida 13-pog‘onani band etgan. Legionerimiz ushbu jamoa tarkibida ichki birinchilikda 3 ta gol va 1 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.


"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan eng mashhur nashrlardan biri \"La Gazzetta dello Sport\" ushbu bellashuvdan keyin o‘z talqiniga ko‘ra futbolchilarga qo‘yilgan ballarni e’lon qildi. Eldor Shomurodov unda 5 ballga loyiq ko‘rildi.
Qizig‘i, turinliklar yulduzi Krishtianu Ronaldu ham aynan shuncha bahoga ega bo‘ldi. Mazkur uchrashuvda portugaliyalik hujumchi to‘liq harakat qildi. E’tiborlisi, hamyurtimiz 63-daqiqada Goran Pandev o‘rniga maydonga tushirilgandi.
Ma’lumot uchun, genuyaliklar turnir jadvalida 13-pog‘onani band etgan. Legionerimiz ushbu jamoa tarkibida ichki birinchilikda 3 ta gol va 1 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.


Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













