Allegri Ronalduni "Yuventus"dan yo‘qotishga uringan

\"Yuventus\"ning sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri 2019 yilda portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduni jamoadan ketkazishga harakat qilgan. Football Italia nashrining yozishicha, u iste’foga chiqishidan avval klub prezidenti Andrea Anelliga Ronalduni sotib yuborishni maslahat bergan.
\"Ronaldudan qutuling, u klub rivojiga xizmat qilmaydi\", - degan Allegri.
\"Yuventus\" Ronalduni 2018 yilning yozida 117 mln yevro evaziga \"Real\"dan sotib olgan edi. U o‘shandan buyon Turin klubi safida jami 126 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 97 ta gol hamda 22 ta assist yozdirib qo‘ydi.
Allegri \"Yuventus\"ni 2014-2019 yillarda boshqargan. Jamoa uning qo‘l ostida 5 marta Italiya chempioni bo‘ldi va 4 marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. Allergi hozirda ishsiz hisoblanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!\"Ronaldudan qutuling, u klub rivojiga xizmat qilmaydi\", - degan Allegri.
\"Yuventus\" Ronalduni 2018 yilning yozida 117 mln yevro evaziga \"Real\"dan sotib olgan edi. U o‘shandan buyon Turin klubi safida jami 126 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 97 ta gol hamda 22 ta assist yozdirib qo‘ydi.
Allegri \"Yuventus\"ni 2014-2019 yillarda boshqargan. Jamoa uning qo‘l ostida 5 marta Italiya chempioni bo‘ldi va 4 marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. Allergi hozirda ishsiz hisoblanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













