Florentino Peres o‘zi tashkil qilgan Yevropa Superligasi haqida nimalar dedi?

Florentino Peres o‘zi tashkil qilgan Yevropa Superligasi haqida nimalar dedi?
“Real” Madrid klubi va yangi tashkil etilgan Yevropa Superligasi prezidenti Florentino Peres yangi musobaqaning tashkil etilishi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Biz futbolga har jabhada yordam beramiz va uni dunyoda munosib o‘ringa olib chiqamiz. Futbol – muxlislar soni bo‘yicha 4 milliard kishidan oshadigan yagona sport turi.  Muxlislar ehtiyojini qondirish — bizning, katta klublarning mas’uliyati”, - dedi Peres.

Joel Gleyzer (\"Manchester Yunayted\") va Andrea Anelli (\"Yuventus\") Superliga prezidenti o‘rinbosarlari etib tasdiqlandi. Ular ushbu musobaqani tashkil etishda Peresning eng yaqin maslakdoshlari edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.