Masharipovning assistlari AGMKni so‘nggi o‘ringa tushirib yubordi

Masharipovning assistlari AGMKni so‘nggi o‘ringa tushirib yubordi
Osiyo Chempionlar Ligasi 4-turidan o‘rin olgan \"Shabab Al-Ahli\" - AGMK o‘yini o‘z nihoyasiga yetdi. Uchrashuv dubayliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, vakillarimiz tezkor 2 gol o‘tkazib yuborganiga qaramay, unga tezkor javob berishga muvaffaq bo‘lishdi, biroq Masharipovning sa’y-harakatlari evaziga kiritilgan gol barchasiga deyarli nuqta qo‘ydi.

Gollarga \"Shabab Al-Ahli\" tarkibida Suhayl, Eduardo hamda Alhashmi mualliflik qilgan bo‘lsa, AGMKning yagona goli Shohrux Gadoyev nomiga yozildi.
Guruhdagi 2-o‘yinda \"Istiqlol\" \"Al-Hilol\"ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

\"Shabab Al Ahli\" - AGMK 3:1
Gollar:
Xarib Abdalla (3, 1:0), Karlos Eduardo (11, 2:0), Shoxruh Gadoyev (14, 2:1), Ahmad al-Hashmi (30, 3:1).

AGMK: 32.Suhrob Sultonov - 77.Dilshod Ahmadaliyev (20.Mirg‘iyoz Sulaymonov, 35), 8.Bobur Yo‘ldoshev, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov (5.Dilshod Jo‘rayev, 74), 4.Mirjamol Qosimov (22.Sanjar Shoahmedov, 46) - 94.Elvin Fortes (21.Sanjar Jumaboyev, 52), 18.Aleksandr Kasyan, 28.Shohruh Gadoyev (10.Husniddin G‘ofurov, 46).
Zaxira: 1.Botirali Ergashev - 9.Zafar Polvonov, 11.Murod Toshmatov, 15.Abbos Otaxonov, 19.Sheroz Jalolov.

\"Shabab Al Ahli\": 55.Majid Nosir, 2.Salmin Hamis, 3.Karlos Eduardo (4.Muhammad Marzuq, 76), 5.Volid Abbos, 7.Jaloliddin Masharipov, 15.Abdalla Al Naqbi, 34.Xarib Abdalla (22.Yahyo Al Gassani, 90+1), 36.Hamdan Al Kamoli, 62.Abdulaziz Sanqur, 77.Ahmed Al Hashmi, 88.Majid Hassan.
Zaxira: 17.Hassan Hamza, 9.Abdulaziz Haykal, 21.Muhammad Jobir, 30.Muhammad Juma, 66.Saud Abulrazoq, 78.Yeyd Hamis, 99.Igor Jesus, Ahmad Jamil.
Ogohlantirish: Majid Nosir (15), Sardor Rahmonov (28), Sanjar Tursunov (41), Volid Abbos (90).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.