Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Professional boksning super o‘rta vazn toifasida (-76,2 kg) faoliyatini olib borayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziyev 19 iyun kuni Amerikaning Texas shtatida o‘tkaziladigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi. O‘sha kuni Meliqo‘ziyevga WBC reytingida 12-o‘rinda borayotgan amerikalik Gabriel Rosado raqiblik qiladi.
Rosado faoliyati davomida 39 ta jang o‘tkazib, ularning 25 tasida g‘alaba qozongan (14 nokaut). Shu bilan birgalikda, uning hisobida 1 durang ham bor. Rosadoning mag‘lubiyatlari soni 13 tani tashkil qilsa-da, Gennadiy Golovkin, Jermal Charlo, Deniel Jeykobs kabi yuqori darajadagi bokschilarga qarshi jangda imkoniyatni boy bergandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Rosado faoliyati davomida 39 ta jang o‘tkazib, ularning 25 tasida g‘alaba qozongan (14 nokaut). Shu bilan birgalikda, uning hisobida 1 durang ham bor. Rosadoning mag‘lubiyatlari soni 13 tani tashkil qilsa-da, Gennadiy Golovkin, Jermal Charlo, Deniel Jeykobs kabi yuqori darajadagi bokschilarga qarshi jangda imkoniyatni boy bergandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













