Amerika Kubogi. Argentina chempion! Messi nihoyat terma jamoa bilan sovrin yutdi

Amerika Kubogi. Argentina chempion! Messi nihoyat terma jamoa bilan sovrin yutdi
Bugun Amerika kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbon Braziliya terma jamoasi Argentinaga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv taqdirini 22-daqiqada Anxel Di Mariya tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Shu tariqa Argentina bosh sovringa ega bo‘ldi. E’tiborlisi, bu argentinaliklar sardori Lionel Messi uchun terma jamoa safidagi ilk sovrin bo‘ldi.

Argentina – Braziliya - 1:0 (1:0)
Gol:
Di Mariya, 22 - 1:0
Argentina: Martines, Otamendi, Romero (Petsselya, 79), Montiyel, Akunya, de Paul, Paredes (Rodriges, 54), Lo Chelso (Talyafiko, 63), Di Mariya (Palasios, 79), Messi, Martines (Gonsales, 79).
Braziliya: Ederson, Lodi (Emerson, 76), Danilo, Tiago Silva, Markinos, Fred (Firmino, 46), Kazemiro, Lukas Paketa (Gabriel Barboza, 76), Everton (Vinisius Junior, 63), Neymar, Risharlison.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.