Tursunoy Rahimova Olimpiya o‘yinlarida tarixiy natijaga erishdi

Tursunoy Rahimova Olimpiya o‘yinlarida tarixiy natijaga erishdi
Foto:«Olympics.uz»
Tokio-2020 Olimpiadasining ikkinchi kun dasturida boks bahslariga ham start berildi. Kunning birinchi jangi hamyurtimiz Tursunoy Rahimova ishtirokida kechdi.

-51 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan vakilimiz polshalik Sandra Drabikka qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli kechgan bahsda chiroyli jang o‘tkazgan Rahimova raqibasi ustidan irodali g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa Rahimova Olimpiya o‘yinlarida g‘alabaga erishgan ilk bokschi qizimiz sifatida tarixga kirmoqda. Uning keyingi bosqichdagi raqibasi turkiyalik Buse Naz Chakiroo‘g‘lu bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqalarning birinchi kuni sportchilarimiz uchun omadsiz keldi. Sanjar Tursunov va Denis Istomin kabi ko‘zga ko‘ringan sportchilar imkoniyatni boy berdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.