Nikita Rafalovich bronza medali uchun kechgan bahsda xorvatiyalik raqibiga mag‘lub bo‘ldi

Nikita Rafalovich bronza medali uchun kechgan bahsda xorvatiyalik raqibiga mag‘lub bo‘ldi
Taekvondo bo‘yicha -80 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Nikita Rafalovich bronza medali uchun bahsda qatnashdi.
U xorvatiyalik Toni Kanayetga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 3 ta raund natijasiga ko‘ra 24:18 hisobi qayd etildi.

Shu tariqa Nikita musobaqani medalsiz yakunladi. U 1/8 finalda Dominikan vakili Moyzes Ernandesni 17:7 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan, chorak finalda esa ozarbayjonlik Milad Begini yenggandi (12:1).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.