Shomurodov "Roma"dagi ketma-ket ikkinchi o‘yinida gol urdi (video)

Shomurodov "Roma"dagi ketma-ket ikkinchi o‘yinida gol urdi (video)
\"Roma\" klubi safiga borib qo‘shilgan legionerimiz Eldor Shomurodov navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini asosiy tarkibda boshladi. Marokashning \"Raja\" jamoasiga qarshi kechgan bahsda rimliklar 5:0 hisobida zafar quchdi.

Dastlab, himoyachilardan qochib ketgan Shomurodov hisobni ochdi. \"Bo‘rilar\"ning qolgan gollarini Manchini, Mxitaryan, Kerles Peres hamda Borxa Mayoral kiritdi. Shuningdek, Eldor Mxitaryanning goliga assistentlik vazifasini bajardi va 59-daqiqada zaxiraga olindi.

Endi Joze Mourino shogirdlari 22 avgust kuni \"Fiorentina\"ga qarshi o‘yin bilan A Seriya yangi mavsumini boshlaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.