Mourino: Men qo‘rqqanimdan yolg‘on gapirdim!

A Seriyaning 3-turida Joze Mourino boshqaruvidagi “Roma” o‘z maydonida “Sassuolo”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Rimliklarning g‘alaba goliga Eldor Shomurodov mualliflik qildi.
Bu uchrashuv Joze Mourino uchun bosh murabbiylik faoliyatidagi 1000-o‘yin bo‘ldi. Bellashuvdan keyin portugaliyalik mutaxassis shogirdlariga yolg‘on gapirganini tan oldi.
- Men yolg‘on gapirdim. Bir necha kundan beri futbolchilarga faoliyatimdagi 1000-o‘yin men uchun ahamiyatsiz ekanini ta’kidlab keldim. Men yutqazib qo‘yishdan qo‘rqdim. Baxtimga biz g‘alaba qozondik. Men yosh boladay yugurdim, o‘zimni 58 yosh emas, 12 yashar bolakayday tutdim, - dedi Joze Mourino.
Portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida “Roma” UYEFA Konferensiyalar kubogi va A Seriyada jami beshta uchrashuv o‘tkazib, barchasida zafar quchdi. Ushbu o‘yinlarda Eldor Shomurodov bitta gol urib, ikki marta assistni amalga oshirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bu uchrashuv Joze Mourino uchun bosh murabbiylik faoliyatidagi 1000-o‘yin bo‘ldi. Bellashuvdan keyin portugaliyalik mutaxassis shogirdlariga yolg‘on gapirganini tan oldi.
- Men yolg‘on gapirdim. Bir necha kundan beri futbolchilarga faoliyatimdagi 1000-o‘yin men uchun ahamiyatsiz ekanini ta’kidlab keldim. Men yutqazib qo‘yishdan qo‘rqdim. Baxtimga biz g‘alaba qozondik. Men yosh boladay yugurdim, o‘zimni 58 yosh emas, 12 yashar bolakayday tutdim, - dedi Joze Mourino.
Portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida “Roma” UYEFA Konferensiyalar kubogi va A Seriyada jami beshta uchrashuv o‘tkazib, barchasida zafar quchdi. Ushbu o‘yinlarda Eldor Shomurodov bitta gol urib, ikki marta assistni amalga oshirdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













