Viktor Kumikov: "Raqib feyr-pleyga rioya qilmadi"

Viktor Kumikov: "Raqib feyr-pleyga rioya qilmadi"
Superliganing 20-turidan o‘rin olgan \"Qo‘qon-1912\" – \"Andijon\" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Viktor Kumikov o‘z fikrlarini bildirdi.

- O‘yin haqida
- Rostini aytsam, kayfiyatim yo‘q. Ikki jamoa ham kurash olib borishdi. Afsuski, ikkinchi o‘yindirki, so‘nggi soniyalarda gol o‘tkazib yubordik. Penalti qanday yuzaga kelganini bilmayman, palapartishlik yuzaga keldi. U holatda hamma qoidani buzdi. 1:0 vaqtida albatta, narigi tomonga penalti berishyapti. Bizga esa bunday emas. Emotsiyaga berilib gapirayotgandirman, bir oz xafaman.

- Jamoangiz darvozabonining o‘yinidan qoniqmadingizmi? E’tiroz bildirdingiz...
- To‘pni yaqinimizdagi hududga emas, uzoqroqqa tepish kerak, shuning uchun e’tiroz bildirdim. Raqib feyr-pleyga rioya qilmadi. Futbolchilarimiz to‘pni qaytarishlariga ishonishgandi.

- Sizningcha, \"Paxtakor\" Qozog‘iston premer-ligasida o‘ynaganida, taxminan qaysi o‘rinni band etgan bo‘lardi?
- Yetakchilar qatorida yurgan bo‘lardi. \"Qayrat\", \"Astana\" kabi jamoalar bilan raqobatlashardi.

- \"Andijon\" futbolchilari vaqtni ko‘p cho‘zishdi. Bu sizning topshirig‘ingizmidi?
- Qaysi murabbiy \"gol urib, vaqtni cho‘zinglar\", deydi? Aksincha, men ularga qarshi hujumdan unumli foydalanishni buyurdim.

- Qaysi jamoalar Superligadan tushib ketadi deb o‘ylaysiz?
- Asosiysi, biz tushib ketmaylik. Meni shu qiziqtiradi.

- \"Andijon\" o‘tgan o‘yinga nisbatan kombinatsion o‘yin ko‘rsatdi...
- Qancha ochko to‘plaganimizni qarang. Kombinatsion futbol namoyish qila olamiz, ammo bizga ochko zarur. Superligada jon saqlab qolish uchun kurashyapmiz.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.