Madiyar Saidrahimov: 3-o‘ringacha mehnat qilgan ekanmiz. Kelasi safar oltin medal uchun harakat qilamiz

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati hal qiluvchi pallada. Musobaqada chorak finallar yakunlandi. Yarim finallar bo‘lib o‘tyapti.
Hozirgina Madiyar Saidrahimov (-92 kg) kubalik La Kruz Peraza bilan ringga ko‘tarildi. Bellashuvda hamyurtimiz imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa, Madiyar jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Jangdan so‘ng Madiyar Saidrahimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: - Bugungi jang qiyin kechdi. Kuchli raqib bilan bellashdim. Uchinchi o‘ringacha mehnat qilgan ekanmiz. Endi kelasi safar o‘z ustimizda ko‘proq ishlab, oltin medal uchun harakat qilamiz, - dedi Madiyar Saidrahimov.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Hozirgina Madiyar Saidrahimov (-92 kg) kubalik La Kruz Peraza bilan ringga ko‘tarildi. Bellashuvda hamyurtimiz imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa, Madiyar jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Jangdan so‘ng Madiyar Saidrahimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: - Bugungi jang qiyin kechdi. Kuchli raqib bilan bellashdim. Uchinchi o‘ringacha mehnat qilgan ekanmiz. Endi kelasi safar o‘z ustimizda ko‘proq ishlab, oltin medal uchun harakat qilamiz, - dedi Madiyar Saidrahimov.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













