A Seriya. Shomurodovning gol va assisti ochko olish uchun yetarli bo‘lmadi

Italiya A Seriyasining 12-turidan o‘rin olgan \"Venetsiya\" va \"Roma\" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda maydon egalari 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Bellashuvning 3-daqiqasida mezbonlar tezkor gol urishga erishdi. Bo‘lim so‘nggida \"bo‘rilar\" faolroq harakat qildi. 43-daqiqada jarima maydoni ichidagi pala-partishlikdan so‘ng Eldor Shomurodov hisobni tenglashtirdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, legionerimiz Abraxamning goliga assistentlik qildi. Ikkinchi taymda \"Venetsiya\" ikkita to‘p kiritib, g‘alabani ilib ketdi.
Hamyurtimiz bahsni asosiy tarkibda boshlab, 83-daqiqada o‘z o‘rnini Borxa Mayoralga bo‘shatib berdi.
Ma’lumot uchun, \"bo‘rilar\" ayni damda 19 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. \"Venetsiya\" ushbu g‘alabadan keyin ochkolar sonini 12taga yetkazib, 14-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bellashuvning 3-daqiqasida mezbonlar tezkor gol urishga erishdi. Bo‘lim so‘nggida \"bo‘rilar\" faolroq harakat qildi. 43-daqiqada jarima maydoni ichidagi pala-partishlikdan so‘ng Eldor Shomurodov hisobni tenglashtirdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, legionerimiz Abraxamning goliga assistentlik qildi. Ikkinchi taymda \"Venetsiya\" ikkita to‘p kiritib, g‘alabani ilib ketdi.
Hamyurtimiz bahsni asosiy tarkibda boshlab, 83-daqiqada o‘z o‘rnini Borxa Mayoralga bo‘shatib berdi.
Ma’lumot uchun, \"bo‘rilar\" ayni damda 19 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. \"Venetsiya\" ushbu g‘alabadan keyin ochkolar sonini 12taga yetkazib, 14-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













