Bektemir Meliqo‘ziyevni nokautga uchratgan Gabriel Rosado yengilmas bokschiga yutqazib qo‘ydi

Bektemir Meliqo‘ziyevni nokautga uchratgan Gabriel Rosado yengilmas bokschiga yutqazib qo‘ydi
Foto: Boxing Insider
AQSHning Anaxeym shahrida Toshkent vaqti bilan 14 noyabr tongida o‘rta vazn toifasidagi WBO Intercontinental kamari uchun Xayme Mungiya (38-0, 30 KO) va Gabreil Rosado (26-14-1, 15 KO) o‘rtasidagi jang jang bo‘lib o‘tdi.

Jang to‘liq 12 raund davom etdi. Qizg‘in va zarbalarga boy o‘tgan bellashuvda yengilmas Mungiya 118-110, 119-109 va 117-111 hisobida Rosadoni mag‘lub etib, WBO Intercontinental kamariga ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, Rosado 2021 yilning iyun oyida o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyevni nokautga uchratgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.