"Chelsi" EChL safar o‘yinlarida 100ta gol urgan beshinchi jamoa bo‘ldi


Londonning \"Chelsi\" klubi EChL nimchorak finali dastlabki uchrashuvida safarda \"PSJ\" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi va EChL tarixida safarda 100ta gol urgan beshinchi jamoaga aylandi.
O‘yinning 36-daqiqasida Branislav Ivanovich tomonidan kiritilgan gol \"Chelsi\"ning safar uchrashuvlarida kiritgan 100-goli bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, bungacha bunday natijaga \"Real\" (163ta gol), \"Barselona\" (150ta gol), \"Bavariya\" (147)ta gol va \"Manchester Yunayted\" (124ta gol) klublari erishganlar.
Manba: www.std.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













