"Paxtakor" nega "Bunyodkor"ga yutqazdi? - Piter Xyuistra javob berdi

"Paxtakor" nega "Bunyodkor"ga yutqazdi? - Piter Xyuistra javob berdi
Superliganing so‘nggi turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Paxtakor” o‘yinidan so‘ng (3:2) mehmonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda \"qaldirg‘ochlar\" matbuot xizmati xabar berdi.

- O‘yinni juda yomon boshladik, 30-soniyadayoq gol o‘tkazib yubordik. Umuman olganda, bugun yoshlarga imkoniyat berdik va ular ko‘rsatgan o‘yindan zavq oldim. O‘yin juda ham chiroyli bo‘ldi, yoshlarimiz har doim o‘ynaydigan futbolimizni ko‘rsata olishlarini isbotlashdi. Shu sababli bugun umumiy ma’noda jamoamning o‘yinidan qoniqdim. To‘g‘ri, natija yaxshi bo‘lmadi. Biz 70-daqiqadan keyin biroz bo‘shashdik. Balki, yoshlarimiz charchab qolgani tufaylidir. Aslida hisob tomonlama ijobiyroq natijaga loyiq edik. O‘yin tomonidan qarasak, juda ham qoniqdim. Jamoamiz kelajaklarining maydonda o‘zini tutishlarini ko‘rdik, sinovdan o‘tkazib oldik, - dedi Piter Xyuistra.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.