"U bu sovringa loyiq emas"

"U bu sovringa loyiq emas"
Fransiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Jan-Per Papen bugungi marosimda PSJ hujumchisi Lionel Messi \"Oltin to‘p\"ga loyiq emasligini aytdi.

\"Messi Amerika Kubogini yutganidan keyin PSJda nima qildi? U Fransiya chempionatida bitta, Chempionlar ligasida 3 ta gol urgan.

Messi bilan adovatim yo‘q. Leo tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Biroq \"Oltin to‘p\"ga u loyiq emas. Messining g‘alabasi mazkur sovrinni qadrsizlantiradi.

Butun mavsum davomida yaxshi o‘ynash qiyin. Biz esa bunday futbolchilarni sovrindan mahrum qilyapmiz
\", - dedi Papen.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.