Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi bosh qarorgohi Toshkentda bo‘ladi!

Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi bosh qarorgohi Toshkentda bo‘ladi!
Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi bosh qarorgohi Toshkentda bo‘ladi!

Xabaringiz bor, Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) tarkibida yangi Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi (MOFA) tashkil qilingandi.

Kecha Kuvaytda MOFAning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘FF vise-prezidenti Sardor Rahmatullaev ishtirok etdi. Yig‘ilishda qabul qilingan qarorga ko‘ra, MOFAning bosh ofisi Toshkentda joylashadigan bo‘ldi. O‘FF prezident Mirabror Usmonov MOFAga rahbarlik qiladi.

MOFAga 6ta davlat a’zo bo‘lib kirgan: O‘zbekiston, Eron, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston.

Manba: www.stadion.uz.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.