Bugun Ispaniya Superkubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Bugun Ispaniya Superkubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
Bugun Ispaniya Superkubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan mazkur mini-turnirning hal qiluvchi bellashuvida Madridning \"Real\" hamda Bilbaoning \"Atletik\" jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:30 da start olishi rejalashtirilgan.

\"Qaymoqranglilar\" yarim final uchrashuvida azaliya raqibi \"Barselona\" ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, \"Atletik\" Madridning boshqa bir klubi \"Atletiko\"ni mag‘lubiyatga uchratdi, 2:1.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.