Ukrainada kechayotgan urushning yigirmanchi kuni suratlarda

Ukrainada kechayotgan urushning yigirmanchi kuni suratlarda
Ukrainadagi urush yigirma kundan beri davom etmoqda. 15 mart kuni ertalab Rossiya qoʻshinlari Kievga zarbalar berdi — snaryadlar Podolskiy va Svyatoshinskiy tumanlaridagi bir nechta turar joy binolariga tushdi. Shahar ma'muriyati uch kishi halok boʻlgani va 30 kishi yaralanganini ma'lum qildi.

Mariupoldagi vaziyat hamon halokatli: shahar merining maslahatchisi Petr Andryushenkoga koʻra, qurbonlar soni 20 mingga yaqin boʻlishi mumkin. Shu bilan birga 15 mart kuni shahardan gumanitar yoʻlak orqali 20 ming kishi evakuatsiya qilingan. Meduza kunning asosiy fotosuratlarini taqdim qildi.
Ukrainada kechayotgan urushning yigirmanchi kuni suratlarda
Kiev osmonida Rossiya dronini urib tushirmoqchi boʻlgan Ukraina havo mudofaasi oʻqlarining izlari.
Foto: Reuters

Ukrainada kechayotgan urushning yigirmanchi kuni suratlarda
Kievning Podolskiy tumanidagi toʻqqiz qavatli turar joy binosiga snaryad kelib tushdi.
Foto: AFP

Ukrainada kechayotgan urushning yigirmanchi kuni suratlarda
Kievda snaryaddan vayron boʻlgan turar joy binosi yonida oʻt oʻchirish xodimi ayolni tinchlantirmoqa. Ukraina matbuotiga koʻra, Rossiya harbiylari Kievning Podolskiy va Svyatoshinskiy tumanlaridagi uchta koʻp qavatli uyga hujum qilgan. Uch kishi halok boʻlgan.
Foto: AFP

Ukrainada kechayotgan urushning yigirmanchi kuni suratlarda
Bu Volodya — Kievdagi uyiga hujum qilinganda u qochishga muvaffaq boʻldi.
Foto: Reuters

Ukrainada kechayotgan urushning yigirmanchi kuni suratlarda
Kievdagi «Lukyanovskaya» metro bekati yaqiniga raketa hujumlaridan soʻng koʻngillilar vayronalarni tozalashda yordam bermoqda.
Foto: LA Times

Ukrainada kechayotgan urushning yigirmanchi kuni suratlarda
Nikolaev tugʻuruqxonasining podvalida ona yangi tugʻilgan chaqalogʻi bilan.
Foto: AFP

Ukrainada kechayotgan urushning yigirmanchi kuni suratlarda
Ota-onalari tashlab ketgan chaqaloqlar. 3-sonli kasalxona. Mariupol
Foto: AP Photo

Ukrainada kechayotgan urushning yigirmanchi kuni suratlarda
Ukraina harbiylari va koʻngillilar Mariupoldagi 3-sonli kasalxona oʻqqa tutilgan paytda yaradorlarga yordam bermoqda.
Foto: AP Photo

Ukrainada kechayotgan urushning yigirmanchi kuni suratlarda
Nikolaevda yarador ukrainalik askarni quyoshdan himoya qilish uchun derazaga parda tutayotgan kasalxona xodimi.
Foto: Reuters

Ukrainada kechayotgan urushning yigirmanchi kuni suratlarda
Lvovdagi cherkovda ukrainalik askarlarning dafn marosimini oʻtkazayotgan kursantlar.
Foto: AP Photo
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.