JCH-2022 saralashi. Urugvay va Ekvador mundialga yo‘llanma oldi (turnir jadvali)

JCH-2022 saralashi. Urugvay va Ekvador mundialga yo‘llanma oldi (turnir jadvali)
Foto: Getty Images
Janubiy Amerika mintaqasida 2022 yilni jahon chempionati saralashi doirasida 17-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Mundialga chiqish masalasini hal qilgan Braziliya Chili darvozasiga javobsiz 4ta to‘p kiritdi.

Urugvay Peruni mag‘lub etib, jahon chempionatini yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu g‘alaba ushbu turda mag‘lubiyatga uchragan Ekvadorga ham mundial chiptasini taqdim etdi.

Shu tariqa KONMЕBOLdan Qatardagi JCHga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l olgan 4 jamoa ma’lum — Braziliya, Argentina, Ekvador va Urugvay.

Pley-offda o‘ynaydigan jamoa so‘nggi turdan keyin aniq bo‘ladi — bunga Peru (21), Kolumbiya (20) va Chili (19) da’vogar. Oxirgi turda Peru Paragvayni, Chili Urugvayni qabul qiladi. Kolumbiya esa Venesuela mehmoni bo‘ladi.

JCH-2022 saralashi. KONMЕBOL
17-tur. 25 mart
Braziliya — Chili 4:0
Gollar
: Neymar (44, penalti), Vinisius (45+1), Koutino (72, penalti), Risharlison (90+1).
Braziliya – Alisson, Danilo, Silva, Markinos, Arana, Kazemiro (Fabino, 82), Fred (Gimaraes, 82), Paketa (Koutino, 63), Neymar, Vinisius (Martinelli, 75), Antoni (Risharlison, 75).
Chili – Bravo, Isla, Medel, Roko (Montesinos, 46), Dias, Suaso, Vidal, Arangis (Paves, 77), Baesa (Fernandes, 61), Sanches, Vargas (Meneses, 76).
Ogohlantirishlar: Paketa (21), Kazemiro (60), Neymar (62), Dias (62), Bravo (69), Vinisius (71), Medel (71).

Kolumbiya — Boliviya 3:0
Gollar
: Dias (39), Borxa (72), Uribe (90).
Kolumbiya – Ospina, Munos, Tesilo, Kuesta, Fabra, Kuadrado (Moreno, 74), Xames (Uribe, 74), Kuelyar, Muriel (Borxa, 66), Sinisterra (Kintero, 65), Dias (Lerma, 84).
Boliviya – Kordano, Enumba (Kinteros, 74), Sagredo, Karrasko, Akin, Fernandes, Garsiya (Kamaras, 57), Vilyarroel (Vilyamil, 84), Gonsales, Menacho (Vaka, 46), Montenegro (Kuelyar, 58).
Ogohlantirishlar: Akin (12), Garsiya (57), Karrasko (58), Kuadrado (68), Enumba (69).

Urugvay — Peru 1:0
Gol
: de Arraskaeta (72).
Urugvay – Rochet, Arauxo, Godin, Ximenes, Olivera, Suares, Pelistri, de Arraskaeta, Bentankur, Valverde, Maksi Gomes, Suares (Torreyra, 76), Nunes (Kavani, 67).
Peru – Galese, Advinkula, Sambrano, Kalens, Trauko, Karrilo (Ormeno, 65), Kueva (Kalkaterra, 77), Yotun (Gonsales, 61), Tapiya, Penya (Flores, 46), Lapadula (Valera, 77).
Ogohlantirishlar: Pelistri (72), Suares (76).
JCH-2022 saralashi. Urugvay va Ekvador mundialga yo‘llanma oldi (turnir jadvali)
Paragvay — Ekvador 3:1
Gollar
: Morales (10), Inkapie (45+6, avtogol), Almiron (54) — Kaysedo (85).
Paragvay – Silva, Roxas (Espinola, 77), Gomes, Balbuena, Riveros, Ortis, Almiron, Kubas (Vilyasanti, 66), Sanches (Florentin, 77), Ensiso (Kolman, 77), Morales (Romero, 14).
Ekvador – Galindes, Presiado (Ibarra, 46), Torres, Inkapie, Estupinyan, Kastilo, Mena (Kaysedo, 76), Grueso, Mendes (Karselen, 76), Roxas (Sarmiyento, 46), Valensiya (Estrada, 58).
Ogohlantirishlar: Almiron (32), Riveros (39), Kubas (43), Valensiya (53), Torres (72), Gomes (81), Vilyasanti (90).
Chetlatish: Riveros (88).

26 mart
Argentina — Venesuela
JCH-2022 saralashi. Urugvay va Ekvador mundialga yo‘llanma oldi (turnir jadvali)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.