"Roma" "Bude-Glimt" hujumchisini sotib olmoqchi, u rimliklarga uchta gol urgan

"Roma" "Bude-Glimt" hujumchisini sotib olmoqchi, u rimliklarga uchta gol urgan
\"Roma\" norvegiyalik hujumchi Ola Solbakkenga qiziqish bildirmoqda. \"Bude-Glimt\" jamoasida to‘p surayotgan 23 yoshli hujumchi joriy mavsumda Konferensiya ligasida \"Roma\"ga qarshi o‘yinda uchta gol urdi.

Jamoalar guruh bosqichida o‘zaro to‘qnash kelishdi. \"Bude-Glimt\" o‘z uyida \"Roma\"ni 6:1 hisobida mag‘lub etdi, Solbakken ushbu o‘yinda dubl qayd etdi. Italiyadagi javob uchrashuvida (2:2) ham yana bir gol kiritdi.

Yil oxirida erkin agentga aylanadigan yosh futbolchining o‘yini \"Roma\" rahbarlarida katta taassurot qoldirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, \"Bude-Glimt\" va \"Roma\" Konferensiya ligasida 1/4 final bosqichida yana to‘qnash kelishadi. Dastlabki o‘yin 7 aprel, javob o‘yini esa 14 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.