Joze Mourino "Lester"ga qarshi o‘yindan oldin fikrlarini bildirib o‘tdi

Joze Mourino "Lester"ga qarshi o‘yindan oldin fikrlarini bildirib o‘tdi
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino “Lester”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan UYEFA Konferensiyalar ligasi yarim final bahsidan oldin o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Biz finalga munosibmiz. Biz Konferensiyalar ligasida 13 ta o‘yin o‘tkazdik. Bizda Yevropa ligasiga chiqishning ikkita yo‘li bor, ulardan biri “Lester”ga qarshi o‘yin orqali qo‘lga kiritilishi mumkin. Ertaga biz g‘alaba qozonishni xohlaymiz”, - dedi portugaliyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, “Lester” – “Roma” uchrashuvi 28 aprel Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob bahsi esa 5 may kuni Rimda bo‘lib o‘tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.