Buklama ekranli smartfonlarning qaysi biri eng xaridorgir?

Buklama ekranli smartfonlarning qaysi biri eng xaridorgir?
Foto: iPhones.ru
O‘tgan yil avgustida taqdim etilgan Samsung Galaxy Z Flip 3-avlod smartfoni — ekrani bukiluvchi smartfonlar orasida eng ko‘p sotilayotgani. Display Supply Chain Consultants (DSCC) tadqiqotlari buni tasdiqlamoqda.

2022 yilning 1-choragida jahon bozorida jami 2,22 million dona shu turdagi smartfonlar sotildi. Bu 2021 yilning shu davridagidan 571 foizga yuqori, deb yozdi Gizchina.
Buklama ekranli smartfonlarning qaysi biri eng xaridorgir?
Ushbu smartfonlarning qariyb 51 foizi — Samsung Galaxy Z Flip 3. Umuman olganda, Samsung buklamafonlar bozorida 74 foiz ulush bilan yaqqol peshqadam.

Ikkinchi o‘rindagi Huawei buklama smartfonlari bozor ulushi 20 foizni tashkil etdi. Bu kompaniyaning eng ommalashgan modeli — Huawei P50 Pocket.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.