Endi Google odamlarning yuz ifodasini kuzatadi

Endi Google odamlarning yuz ifodasini kuzatadi
Endi Google odamlarning yuz ifodasini kuzatadi

Google kompaniyasi izlash natijasini olgan foydalanuvchining yuz ifodasini tahlil qila oladigan algoritmni patentladi. Bu haqda \"Kun.uz\" xabar berdi.

Muhandislarning ta’biri bo‘yicha, dastur old kamera va mobil uskunaning hisoblagichidan foydalangan holda foydalanuvchining tana harorati va yurak urish tezligini o‘lchaydi, shuningdek, ko‘z qorachig‘ining kengayishi, yuzning qizillik darajasi, ko‘z harakatlarini nazorat qiladi.

Mimik harakatlar tahlili natijalari orqali kompaniya foydalanuvchining qidiruvga taqdim etilgan javoblardan qoniqish darajasini aniqlash niyatida. Kompaniya shundan kelib chiqib, mobil gadjetlardagi funksiyalarini takomillashtirmoqchi.
Endi Google odamlarning yuz ifodasini kuzatadi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.