Dunyodagi ilk vodorodli poyezdlar Germaniyada yo‘lga qo‘yildi

Foto: Alstom
Germaniyaning Quyi Saksoniya federal yerida dunyoda birinchi bo‘lib to‘liq vodorodli poyezdlar harakatlanadigan temir yo‘l loyihasi amalga oshirildi. CNN yozishicha, 24 avgust kuni 5 ta Coradia iLint poyezdi yo‘nalishga chiqdi, yil oxirigacha ularning soni 14 taga yetkazilib, dizelda yuruvchi poyezdlarning o‘rnini to‘liq egallaydi.
Vodorodli poyezdlarning asosiy afzalligi — havoga zararli chiqindilar ajratmaydi. Bundan tashqari, 1 kilogramm vodorod yonilg‘isi 4,5 kilogramm dizel yonilg‘isining o‘rnini bosadi.
Fransiyaning Alstom kompaniyasi ishlab chiqargan Coradia iLint vodorodli poyezdlari shovqini pastligi bilan ham ajralib turadi. Eng yuqori tezligi — 140 km/soat.
Loyiha qiymati — 93 mln yevro. Buning ichiga vodorodli yonilg‘i quyish stansiyasi ham kirgan.
Bugungi kunda Germaniya temir yo‘llarida jami 4 000 ta dizelli poyezd harakatlanmoqda. Vodorodli Coradia iLint poyezdlari Avstriya, Niderlandiya, Shvetsiya va Polshada ham sinovdan o‘tkazilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Germaniyaning Quyi Saksoniya federal yerida dunyoda birinchi bo‘lib to‘liq vodorodli poyezdlar harakatlanadigan temir yo‘l loyihasi amalga oshirildi. CNN yozishicha, 24 avgust kuni 5 ta Coradia iLint poyezdi yo‘nalishga chiqdi, yil oxirigacha ularning soni 14 taga yetkazilib, dizelda yuruvchi poyezdlarning o‘rnini to‘liq egallaydi.
Vodorodli poyezdlarning asosiy afzalligi — havoga zararli chiqindilar ajratmaydi. Bundan tashqari, 1 kilogramm vodorod yonilg‘isi 4,5 kilogramm dizel yonilg‘isining o‘rnini bosadi.
Fransiyaning Alstom kompaniyasi ishlab chiqargan Coradia iLint vodorodli poyezdlari shovqini pastligi bilan ham ajralib turadi. Eng yuqori tezligi — 140 km/soat.
Loyiha qiymati — 93 mln yevro. Buning ichiga vodorodli yonilg‘i quyish stansiyasi ham kirgan.
Bugungi kunda Germaniya temir yo‘llarida jami 4 000 ta dizelli poyezd harakatlanmoqda. Vodorodli Coradia iLint poyezdlari Avstriya, Niderlandiya, Shvetsiya va Polshada ham sinovdan o‘tkazilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













