"Beeline" Janubiy hududiy filiali 9 yoshda


Beeline Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlarida xizmat ko‘rsatuvchi Janubiy hududiy filialning (JHF) 9 yillik faoliyati yakunlarini sarhisob qilmoqda.
2007 yilda filial ishga tushgan paytdan beri 3G tarmog‘i o‘nlab aholi punktlari va tuman markazlarida ishga tushirildi , abonentlar soni esa bir necha barobarga o‘sdi.
”Shu yillar davomida abonentlarimizni qulay xizmat ko‘rsatish bilan ta’minlash uchun ulkan ishlar amalga oshirildi, — deydi Unitel JHF direktori Ulug‘bek Ahmedov. – Biz ikki viloyatning millionlab aholisining nafaqat ishonchi oqlashga, balki haqiqatdan ham xalq operatori bo‘lishga intilamiz”.
Janubda korporativ yo‘nalish ham tez rivojlanmoqda: “Sho‘rtonneftegaz” AK, “Mubarek nefnegaz”, Muborak gazni qayta ishlash zavodi kabi eng yirik hududiy kompaniyalar Beeline Business foydasiga o‘z tanlovlarini amalga oshirdilar.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













