Twitter ruxsat etilgan belgilar sonini 4 mingtagacha oshirmoqchi

Twitter ruxsat etilgan belgilar sonini 4 mingtagacha oshirmoqchi
Twitter xabarlarda ruxsat etilgan belgilar sonini 4 mingtagacha oshirmoqchi.

Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Mask yakshanba kuni Twitter foydalanuvchilaridan birining platformadagi xabarlar belgilariga qo‘yilgan cheklov haqidagi savoliga javoban ma’lum qilgan.

U foydalanuvchining «Ilon Mask Twitter belgilari sonini 280 tadan 4000 tagacha oshirishi rostmi?» degan savoliga qisqa qilib, «Ha», deya javob qilgan.
Twitter ruxsat etilgan belgilar sonini 4 mingtagacha oshirmoqchi
Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta tvitlardagi cheklov 2017 yilning noyabrida – 140 dan 280 tagacha oshirilgan edi.

Ma’lumot uchun, Ilon Mask joriy yil 27 oktabrdan buyon Twitter platformasiga egalik qiladi va bu unga 44 milliard AQSH dollariga tushgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.