Milliard dollarlik samolyot bortida yong‘in chiqdi

Milliard dollarlik samolyot bortida yong‘in chiqdi
AQSH harbiy-havo kuchlariga qarashli strategik ko‘z ilg‘amas bombardimonchi B-2 Spirit samolyoti qo‘nayotganida bortida yong‘in sodir bo‘ldi.

Voqea 10 dekabr kuni Amerikaning Missuri shtatidagi Uaytmen aviabazasida sodir bo‘lgan. Uchuvchi dispetcherga nosozlik haqida xabar yo‘llab, avariyaviy qo‘nishni amalga oshirgan.

Yerga qo‘nganidan so‘ng samolyot bortida yong‘in hosil bo‘lgan, uchuvchiga ziyon yetmagan.

AQSH harbiy-havo kuchlari ixtiyorida B-2 Spirit samolyotlaridan 20 tasi bor. «Arvoh-samolyot» — dunyodagi eng qimmat bombardimonchi: jihozlarsiz 1 milliard dollar turadi, to‘liq qurollanishiga yana shuncha ketadi.
Milliard dollarlik samolyot bortida yong‘in chiqdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.