Google shoshqaloqligi ortidan $100 mlrd yo‘qotdi

Google shoshqaloqligi ortidan $100 mlrd yo‘qotdi
Foto: PCMag
ChatGPT juda tez ommalashayotganidan xabaringiz bor. «Noni yarimta bo‘lishini istamagan» Google tez orada shunga o‘xshash servis — Bard chat-botini ishga tushirib yubordi. Ammo...

Shoshqaloqlik qimmatga tushdi: Bard yo‘l qo‘ygan bitta xatoni deb Alphabet (Google) aksiyalari qiymatining 8 foizini yoki 100 mlrd dollarini yo‘qotdi.

Aksiyalar narxi 8 fevral kuni Nyu-York birjasidagi kunduzgi savdolarda $99,37 gacha pasaygan.

Bard qanday xato qilgan?

To‘g‘ridan-to‘g‘ri efir payti sun’iy intellektda ishlovchi chat-bot (Bard)ga quyidagi savol berildi: «Men to‘qqizga to‘lgan farzandimga Jeyms Uebbning (fazodagi eng kuchli teleskop, 2021 yil oxirida ishga tushirilgan — tahr.) qaysi yangi kashfiyotlarini so‘zlab berishim mumkin?».

Bot savolga ikkita to‘g‘ri javob berib, uchinchisida xato qildi — Quyosh tizimi tashqarisidagi ekzosayyoralar (Yerga o‘xshash — tahr.) yoki sayyoralarni birinchi bo‘lib shu teleskop suratga olgan dedi.

NASA ma’lumotlariga ko‘ra, ekzosayyoraning birinchi haqiqiy surati ancha oldin, 2004 yilda paydo bo‘lgan. Surat muallifi — Juda ulkan teleskop (Very Large Telescope, VLT), u Yevropa janubiy observatoriyasiga qarashli.

Botning xatosiga Google korporatsiyasining shoshqaloqligi sabab bo‘lgan deyilmoqda: OpenAI (ChatGPT shuniki) singari kompaniyalar kirib kelgan bozordagi raqobat poygasiga juda erta qo‘shilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.