Samsung va SK Telecom 5G-tarmoq ishlashini ko‘rsatib beradi

Samsung va SK Telecom 5G-tarmoq ishlashini ko‘rsatib beradi
Samsung va SK Telecom 5G-tarmoq ishlashini ko‘rsatib beradi

Mobile World Congress 2015 ko‘rgazmasi doirasida Samsung Electronics va SK Telecom kompaniyalari beshinchi avlod yuqori tezlikli mobil tarmoqlar (5G)ni rivojlantirish sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar haqida gapirib beradi, deb yozadi «3dnews.ru».

Xabar berilishicha, sheriklar axborotni soniyasiga 7,55 gigabitgacha tezlikda uzatish imkoniyatini beruvchi 5G-aloqa tizimini namoyish etadi. Ushbu tajribaviy tizim millimetrli diapazondan foydalanishga asoslangan.

Samsung va SK Telecom 5G-tizimlardan taxminan 2020 yilda tijoriy foydalanishni boshlamoqchi.

Manba: www.daryo.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.