Instagram foydalanuvchilari soni 500 milliondan oshdi


Instagram fotosurat almashish servisining foydalanuvchilari soni 500 milliondan oshdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
«Hamjamiyatimizda ortiq 500 milliondan ‘instagrammer’ borligini, shulardan 300 millioni Instagram’dan har kuni foydalanishini e’lon qilishdan mamnunmiz. Biz globallashishda davom etmoqdamiz — foydalanuvchilarimizning 80 foizi AQShdan tashqarida istiqomat qiladi» — deyiladi rasmiy xabarnomada.
2015 yilning sentyabrida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni 400 milliondan oshgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













