Beeline‘dan mahsus taklif: “Bilayn Rossiya” bilan bepul muloqot uchun har oy 300 daqiqa


Beeline maxsus mijozlar uchun yangi taklifni taqdim etmoqda. Endi “Status Gold+” va “Status Platinum+” tarif rejalarining har bir abonenti Rossiyadagi “Bilayn” abonentlariga qo‘ng‘iroq qilish uchun bepul 10 daqiqaga ega bo‘ladilar.
Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Efremov shunday dedi: “Mamlakatning aloqa bozori uchun bu noyob taklif, va undan “Status+” abonentlari foydalana olishlari mumkin. Bizning ko‘p mijozlarimizning do‘st va yaqinlari Rossiyada, shuning uchun bu ular uchun ajoyib sovg‘a bo‘ishiga ishonaman”.
“Bilayn Rossiya”ga qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun daqiqalar har tun kelib tushadi. Aksiya 2016 yilning 1 sentyabr kuniga qadar amal qiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













