Eron yangi Mohajer-10 dronini taqdim etdi (video)

Eron yangi Mohajer-10 dronini taqdim etdi (video)
\"\"
Foto: IRNA

Eron Mudofaa sanoati kuni munosabati bilan yangi Mohajer-10 droni namoyish qilindi. Bu haqda Mehr News Agency xabar berdi.

7 kilometrdan ortiq balandlikda va 2000 kilometr masofada 24 soat uzluksiz parvoz qila oladigan Mohajer-10 droni Eron prezidenti Ibrohim Raisiy ishtirokida taqdim etildi. Raisiy mamlakat mudofaa sanoatining so‘nggi yutuqlari aks etgan ko‘rgazmaga tashrif buyurdi.

Mohajer-10 dronining maksimal yonilg‘i sig‘imi 450 litr, yukining maksimal og‘irligi esa 300 kilogramm.

Dronning maksimal tezligi soatiga 210 kilometrni tashkil etadi, u barcha turdagi o‘q-dorilar va bombalarni olib yurishi mumkin, shuningdek, elektron urush va razvedka tizimlari bilan jihozlangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.