iPhone 8 haqida yangi tafsilotlar oshkor bo‘ldi

iPhone 8 haqida yangi tafsilotlar oshkor bo‘ldi
iPhone 8 haqida yangi tafsilotlar oshkor bo‘ldi

Apple iPhone 7s’ni chiqarmasdan turib, 2017 yilda birato‘la iPhone 8’ni taqdim etadi, u shisha korpus, OLED-ekran va 10 nanometrli texnologiya bo‘yicha yasalgan chipsetga ega bo‘ladi. Bu haqda taniqli tahlilchi San Chanju o‘zining Weibo akkauntida ma’lum qildi, deb yozadi «Daryo».

Ekspertning ta’kidlashicha, iPhone 8 Apple A11 prosessoriga ega bo‘ladi. Digitimes xabariga ko‘ra, Taiwan Semiconductor Manufacturing Company bunday prosessorlarning yagona etkazib beruvchisiga aylanadi, ular FinFET o‘n nanometrli texnologik jarayonni qo‘llagan holda tayyorlanadi.

Samsung’ning chiplar ishlab chiqarish bo‘yicha xizmatidan uning asosiy raqibi voz kechishga qaror qildi. iPhone 8 uchun OLED-ekranni esa aynan Samsung etkazib berishi taxmin qilinmoqda.

Bundan tashqari, Apple alyuminiy korpusdan voz kechib, uni shishaga almashtiradi. 20 iyul kuni taqdim etilgan Corning Gorilla Glass 5 smartfonning nihoyatda pishiq bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek, iPhone 8’ning yon chetlari qayrilgan bo‘ladi, ammo ularda Samsung Galaxy S7 edge’dagi kabi qo‘shimcha elementlar bo‘lishi-bo‘lmasligi noma’lum.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.