Shveysariyada 3D printerda chop etiladigan dunyodagi eng baland minora qurilmoqda

Shveysariyada 3D printerda chop etiladigan dunyodagi eng baland minora qurilmoqda
Foto: dbt.arch.ethz.ch
Shveysariyada 3D texnologiyasi asosida Tor Alva minorasining qurilish ishlari boshlandi. Bu haqda New Atlas xabar bermoqda.
Balandligi 30 metrlik ushbu inshoot 3D printerdan chop etiladigan dunyodagi eng baland minora bo‘ladi.
Shveysariyada 3D printerda chop etiladigan dunyodagi eng baland minora qurilmoqda
Foto: dbt.arch.ethz.ch
Bino Tor Alva (Oq minora) deb nomlanib, loyiha ustida Nova Fundaziun Origen madaniy muassasasi bilan hamkorlikda ishlanmoqda. Majmua qismlarga bo‘lib chop etiladi, so‘ngra tog‘li hududda joylashgan Myulens qishlog‘idagi qurilish maydonchasiga olib borilib, yig‘iladi.
Shveysariyada 3D printerda chop etiladigan dunyodagi eng baland minora qurilmoqda
Foto: dbt.arch.ethz.ch
Barokko uslubidan ilhomlanib quriladigan binoning asosi minglab 3D bosma ustunlardan iborat bo‘ladi. Muhandislar turli noqulay ob-havodan himoya qilish maqsadida yengil, yechiladigan membrana o‘rnatishni ham ko‘zda tutishgan.
Shveysariyada 3D printerda chop etiladigan dunyodagi eng baland minora qurilmoqda
Foto: dbt.arch.ethz.ch
Binoning eng yuqori qavatida ixcham konsert va teatr tomoshalari uchun zal joylashadi. Qurilish ishlari iyun oyida tugashi rejalashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.