Yaponlarning yangi reaktiv yo‘lovchi samolyoti sinov parvozini boshladi


Yaponlarning yangi Mitsubishi Regional Jet (MRJ) yo‘lovchi samolyoti qondisiya tizimidagi muammo bartaraf etilgach, AQShga sinov parvozini boshladi. Bu haqda \"Kyn\" nashri xabar bermoqda.
Mitsubishi Aircraft Corporation kompaniyasi samolyoti Yaponiyaning Nagoya shahridan uchgan. Rejaga ko‘ra, samolyot avvaliga Xokkaydoda to‘xtaydi. Keyin Rossiya va Alyaskada ham yonilg‘i to‘ldirish uchun qo‘nadi.
Yakunda samolyot AQShning Vashington shtati hududidagi Grant Kaunti nomli xalqaro aeroportida to‘xtashi rejalashtirilgan.
MRJ - yaponlarning ilk reaktiv yo‘lovchi samolyoti bo‘lib, u 2500 soat davomida ucha oladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













