Apple'da yangi funksiya: endi suratdagi keraksiz predmetlarni o‘chirish mumkin

Apple'da yangi funksiya: endi suratdagi keraksiz predmetlarni o‘chirish mumkin
Foto: Europa Plus
Yaqinda Apple kompaniyasining Kaliforniya shtati Kupertino shahridagi shtab-kvartirasida Butunjahon dasturchilar konferensiyasi (WWDC) bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Europa Plus nashri xabar berdi.

Taqdimotda kompaniya iOS 18 ning ko‘plab qiziqarli va yangi funksiyalarini namoyish etdi. Endilikda smartfonlarga Apple Intelligence nomli sun’iy intellekt o‘rnatiladi va foydalanuvchilar shaxsiy neyrotarmoqqa ega bo‘ladi.
Apple'da yangi funksiya: endi suratdagi keraksiz predmetlarni o‘chirish mumkin
Foto: Europa Plus
Shuningdek, Apple fotosuratlar bo‘limiga ham muhim o‘zgarishlar kiritildi. Foydalanuvchilar har qanday suratdan keraksiz narsalarni: orqa fondagi begona shaxslar, keraksiz artefakt va predmetlarni birgina funksiya orqali o‘chirib tashlashi mumkin bo‘ladi.
Apple'da yangi funksiya: endi suratdagi keraksiz predmetlarni o‘chirish mumkin
Foto: Europa Plus
Aytgancha, siz bu ishni Photoshop kabi hech qanday murakkab qadamlari bor ilovasiz amalga oshirishingiz mumkin. Shunchaki Apple telefoningizga olingan fotodagi olib tashlamoqchi bo‘lgan qismni belgilaysiz va o‘chirish amalini tasdiqlaysiz. Ajoyib va juda qulay, shunday emasmi?

Keyin esa suratni asl holiga qaytarish ham mumkin. Afsuski, yangilangan barcha funksiyalar har qanday Apple foydalanuvchilari uchun ochiq emas. Rasmni o‘zgartirish xususiyati iPhone XS va XR dan eski bo‘lmagan qurilmalar uchungina mavjud bo‘ladi.
Apple'da yangi funksiya: endi suratdagi keraksiz predmetlarni o‘chirish mumkin
Foto: Europa Plus
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.