Shavkat Mirziyoev Gurbanguli Berdimuhamedovga Maxtumqulining oʻzbek tilida nashr etilgan tanlangan asarlari toʻplamini sovgʻa qildi

Shavkat Mirziyoev Gurbanguli Berdimuhamedovga Maxtumqulining oʻzbek tilida nashr etilgan tanlangan asarlari toʻplamini sovgʻa qildi
Prezident Shavkat Mirziyoev Ashxobod shahriga tashrifi doirasida turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoev Gurbanguli Berdimuhamedovga Maxtumqulining oʻzbek tilida nashr etilgan tanlangan asarlari toʻplamini sovgʻa qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni shoir va mutafakkir Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligiga bagʻishlangan xalqaro forum yuksak darajada oʻtkazilgani bilan samimiy muborakbod etdi.

Suhbatda Oʻzbekiston—Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish, koʻp qirrali hamkorlikni, ayniqsa siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda chuqurlashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Shavkat Mirziyoev Gurbanguli Berdimuhamedovga Maxtumqulining oʻzbek tilida nashr etilgan tanlangan asarlari toʻplamini sovgʻa qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzaro tovar ayirboshlash jadal oʻsayotgani, birgalikda chegaraoldi savdo hududi barpo etilayotgani, energetika, transport, qishloq va suv xoʻjaligi sohalarida hamkorlik kuchayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Faol hududlarlararo, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuv doirasidagi tadbirlar muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda.
Shavkat Mirziyoev Gurbanguli Berdimuhamedovga Maxtumqulining oʻzbek tilida nashr etilgan tanlangan asarlari toʻplamini sovgʻa qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni ham koʻrib chiqdilar.

Boʻlajak oliy darajadagi muloqotlar rejasi ham muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoev Gurbanguli Berdimuhamedovga Maxtumqulining oʻzbek tilida nashr etilgan tanlangan asarlari toʻplamini sovgʻa qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari Turkman xalqining milliy yetakchisiga Maxtumqulining oʻzbek tilida nashr etilgan tanlangan asarlari toʻplamini sovgʻa qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.