Facebook Messenger’da mobil internetni tejash funksiyasi paydo bo‘ladi

Facebook Messenger’da mobil internetni tejash funksiyasi paydo bo‘ladi
Facebook Messenger’da mobil internetni tejash funksiyasi paydo bo‘ladi

Terabayt.uz nashrining yozishicha, ayni paytda Facebook kompaniyasi o‘zining Messenger ilovasiga mobil internetni tejash funksiyasini joriy qilish ustida ish olib bormoqda. Mazkur yangilik hozircha Android platformasi ishlaydigan qurilmalarda paydo bo‘lishi tasdiqlangan. Ilovaning sozlamalar menyusida joylashgan Data Saver funksiyasi orqali unga keladigan foto va videolarning avtomatik tarzda yuklanishini cheklash mumkin.

Ta’kidlash kerak, bunday funksiya yurtimizda ommabop bo‘lgan bir nechta messenjerlarga allaqachon tatbiq etilgan. Facebook Messenger’dagi mazkur funksiya foydalanuvchi faqat mobil internetni ishlatganda faollanishi haqida xabar berilgan. Shu bilan birga ilova muayyan muddat davomida qancha trafik saqlab qolingani to‘g‘risida ham ma’lumot berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Facebook Messenger’da mobil internetni tejash funksiyasi paydo bo‘ladi

Eslatib o‘tamiz, bundan taxminan ikki hafta oldin Facebook messenjerning sodda va bir vaqtning o‘zida kam mobil trafik sarflaydigan Messenger Lite versiyasini chiqargan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.